
- 2
- 20.06.2026 14:28:00
- 1 daq o'qish
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan erkak Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qutqarib olindi.
Hodisa 19-iyun kuni soat 13:00 atrofida “Sharq” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanal bo‘yida sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar profilaktik tadbir davomida suvda oqib ketayotgan, harakatsiz holatdagi fuqaroni payqab qolishgan.
Shundan so‘ng ular zudlik bilan suvga tushib, erkakni qirg‘oqqa olib chiqqan. Unga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro ehtiyotsizlik sabab kanalga tushib ketgan va suzishni bilmagani uchun kuchli suv oqimida oqib ketgan. Hozir uning ahvoli yaxshi.