Xomanaiy qarorgohiga 30 ta bomba tashlangan

Xomanaiy qarorgohiga 30 ta bomba tashlangan
  • 0
  • 02.03.2026 08:28:00
  • 1 daq o'qish

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Isroil qiruvchi samolyotlari Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy yashagan qarorgohga 30 ta bomba tashlagan. Hujum Isroil va AQSH o‘rtasida muvofiqlashtirilgan reja asosida amalga oshirilgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, razvedka idoralari Eronning yuqori siyosiy va harbiy rahbarlari bir joyga jamlanishini kutgan va ularga bir vaqtning o‘zida zarba berish rejalashtirilgan.

28-fevral kungi hujum oqibatida Xomanaiy halok bo‘lgani, shuningdek, uning bir necha oila a’zolari ham vafot etgani ma’lum qilingan. Eronda 40 kunlik milliy motam va bir haftalik ta’til e’lon qilingan, Iroqda esa 4 kunlik motam joriy etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oliy rahbar vafot etgan taqdirda mamlakatni vaqtincha uch kishilik kengash boshqaradi, yangi rahbarni esa 88 a’zodan iborat Ekspertlar assambleyasi saylaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News