Mashinada unutib qoldirilgan 3 yoshli qizaloq vafot etdi

Mashinada unutib qoldirilgan 3 yoshli qizaloq vafot etdi
  • 0
  • 11.06.2026 15:29:00
  • 1 daq o'qish

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi oilaviy nodavlat bog‘chada 3 yoshli qizaloq avtomobilda unutib qoldirilishi oqibatida vafot etdi. Hodisa 4-iyun kuni “Zafar” mahallasida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi tufayli avtomobilda qolib ketgan va shu yerda hayotdan ko‘z yumgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muassasa rahbariyati hamda mas’ul xodimlar bolalarni tashish qoidalariga rioya qilmaganini ma’lum qildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bog‘cha faoliyati to‘xtatilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News