
- 1
- 11.08.2026 13:54:00
- 1 daq o'qish
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Qirchin darasida otda sayr qilish vaqtida baxtsiz hodisa yuz bergan. Dastlab ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda egardan yigit tushib, oyog‘i esa uzangida qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Guvohlarning aytishicha, ot chopishda davom etib, yigitni bir necha yuz metr masofaga yerda sudrab ketgan. Hayvonni boshqa chavandozlar to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlangan shaxs Ananyevo qishlog‘idagi hududiy shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning vafot etganini qayd etgan. Hozirda ushbu fojia sabablari o‘rganilmoqda.