
- 10
- 09.10.2026 12:24:00
- 1 daq o'qish
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida qurilayotgan oqova suv tozalash inshootida bajarilgan qurilish ishlari qiymatini oshirib ko‘rsatish orqali 13,9 milliard so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi. Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, qurilish ishlari “Suv ta’minot va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent hududiy boshqarmasi hamda Toshkent viloyati “Suvoqova” DUK o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshirilgan.
Tekshiruvda inshootda amalda 73,3 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani, biroq hujjatlarda ushbu ishlar qiymati 87,2 milliard so‘m etib ko‘rsatilgani ma’lum bo‘lgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.