Meksikada sayyohlar avtobusi halokatga uchrashi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada sayyohlar avtobusi halokatga uchrashi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 02.05.2026 18:58:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yilning 1-may kuni Meksikaning Nayarit shtatida sayyohlar avtobusi halokatga uchrashi natijasida 11 kishi vafot etdi, 31 kishi esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Ma’lum bo‘lishicha, avtobus dam olish markaziga ketayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, rasmiylar favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari qutqaruv ishlarini olib borayotgani va hodisa sabablarini o‘rganish uchun magistral yo‘lni yopganini ma’lum qildi.

“Xalisko shtatidan kelayotgan avtobus Amatlan-de-Kanas shahri yaqinida avtomagistraldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Biz voqea sabablarini o‘rganmoqdamiz. Qutqaruv ekipaji hodisa joyiga tezda yetib kelgan va avtobus ichida qolib ketganlar qutqarib olingan. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yuborildi. Baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz”, — deydi qutqaruv xizmati vakillari.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News