
- 31
- 20.11.2026 10:52:00
- 1 мин оқу
Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida jazo ötayotgan mahkum uyali telefon orqali onlayn narkodökonni boşqarib, şeriklari yordamida giyohvandlik vositalarini sotiş bilan şuğullangani aniqlandi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinişiça, koloniya boşliğining birinçi örinbosari mahkumga uyali telefon olib kirib berib, narkosavdo bilan şuğullanişiga şaroit yaratgan. Şundan söng mahkum taşqarida yurgan yordamçilari orqali giyohvandlik vositalarini xaridorlarga yetkazib berişni yölga qöygan.
Tezkor tadbirlar davomida uşbu jinoiy guruhga aloqadorlikda gumon qilingan 9 nafar şaxs qölga olingan.
Jinoyat işi Çilonzor tuman sudida körib çiqildi. Guruhga boşçilik qilgan mahkum Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U öta xavfli retsidivist deb topildi va jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaşi belgilandi.
Guruhning yana olti nafar erkak aʼzosiga 10 yildan 14 yilgaça, ikki nafar ayolga esa 8 va 7 yil qamoq jazosi tayinlandi. Ayollardan biriga jazoni ötaş davomida giyohvandlikdan majburiy davolaniş çorasi ham belgilandi.