Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosovga Töqayev Qozoğiston fuqaroligini berdi

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosovga Töqayev Qozoğiston fuqaroligini berdi
  • 4
  • 23.11.2026 11:54:00
  • 1 мин оқу

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi. Bu haqda uning murabbiyi Yerdos Janabergenov maʼlum qildi. Tegişli farmonni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev imzolagan.

Murabbiyning maʼlum qilişiça, fuqarolik berilgani haqidagi xabarni olgaç, ular darhol migratsiya politsiyasiga murojaat qilib, boksçining hujjatlarini rasmiylaştirişga kirişgan. Endilikda Ilyosov xalqaro musobaqalarda Qozoğiston şarafini himoya qilişi mumkin.

Sayat Ilyosov Özbekiston terma jamoasi safida bir qator natijalarga erişgan. U 2022-yil yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatida bronza, 2023-yilgi qitʼa birinçiligida kumuş medalni qölga kiritgan. Şuningdek, 2025-yilda 22 yoşgaça bölgan boksçilar örtasida Osiyo çempioni bölgan va IBA jahon çempionatida iştirok etgan.

Boksçi tarixiy vatani şarafini himoya qiliş maqsadida yanvar oyi oxirida Qozoğistonga köçib ötgan. Biroq fuqarolik va hujjatlarni rasmiylaştirişdagi muammolar sababli u noyabr oyida bölib ötgan Qozoğiston çempionatida qatnaşa olmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News