
- 6
- 23.11.2026 10:50:00
- 1 мин оқу
O‘zbekiston Energetika vazirligida bir qator kadrlar o‘zgarishi yuz berdi. Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek To‘lqinovich Amanov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Abdumalik Nazirov bunga qadar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Avval vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Umid Mamadaminov esa Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi rahbari etib tayinlandi.
Otabek Amanov yangi lavozimga tayinlanishidan oldin Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Har ikki tayinlov tegishli prezident qarorlari bilan amalga oshirildi.