Sarmişsoy petrogliflari YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilişi mumkin

Sarmişsoy petrogliflari YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilişi mumkin
  • 18
  • 16.11.2026 11:43:00
  • 1 мин оқу

Özbekiston Sarmişsoy qoyatoş rasmlarini YUNESKOning Jahon merosi röyxatiga kiritiş uçun hujjatlar tayyorlamoqda. Mazkur masala Özbekistonning YUNESKOdagi doimiy delegatsiyasi tomonidan taşkil etilgan onlayn uçraşuvda muhokama qilindi. Unda xalqaro ekspertlar, jumladan, Ğarbiy Avstraliya universiteti professori, ICOMOS Qoyatoş sanʼati böyiça xalqaro ilmiy qömitasi prezidenti Benjamin Smit iştirok etgan.

Muhokamalarda yodgorlikni aralaş Jahon merosi obyekti sifatida taqdim etiş imkoniyati ham körib çiqilgan. Bunda nafaqat qadimiy qoyatoş rasmlari, balki hududning tabiiy xususiyatlari ham hisobga olinişi belgilangan.

Xalqaro ekspertlar nominatsiya uçun qiyosiy tahlil ötkaziş, obyekt çegaralari va muhofaza zonalarini belgilaş, şuningdek, petrogliflarni uzoq muddat saqlaş böyiça boşqaruv rejasini işlab çiqiş zarurligini taʼkidlagan. Uçraşuv yakunida tomonlar hujjatlar ustida hamkorlikni davom ettiriş, ilmiy maʼlumotlar almaşiş va xalqaro mutaxassislar bilan maslahatlaşişga kelişib olgan.

Maʼlumot uçun, Navoiy viloyatida joylaşgan Sarmişsoy Özbekistondagi eng yirik qoyatoş sanʼati yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu yerdagi turli tarixiy davrlarga oid petrogliflar Markaziy Osiyo madaniy merosini örganişda muhim ahamiyatga ega.

Avvalroq Sarmişsoyning turizm va xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantiriş uçun davlat budjetidan 4,2 milliard söm, taşrif buyuruvçilar markazi va nazorat-ötkaziş punktini quriş uçun esa qöşimça 1,2 milliard söm ajratilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News