Qadimiy qurbonlik marosimining dahşatli siri: bolalarga kokain berilgan

Qadimiy qurbonlik marosimining dahşatli siri: bolalarga kokain berilgan
  • 26
  • 20.11.2026 11:29:00
  • 1 мин оқу

Inklar imperiyasida bolalar diniy qurbonlik marosimidan oldin kokain, alkogol va boşqa psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilgani aniqlandi. Antiquity jurnalida çop etilgan tadqiqotda, Varşava universiteti arxeologi Dagmara Soxa boşçiligidagi olimlar 6–14 yoşdagi sakkiz nafar bolaning soç va tirnoq namunalarini örgangan. Ularning jasadlari Peru, Argentina va Çilidagi tog‘ çöqqilaridan topilgan. Barça namunalarda kokain izlari qayd etilib, ayrimlarida bolalarning ölimidan bir neça hafta oldin muntazam kokain isteʼmol qilgani aniqlangan.

Ikki nafar bolada kokain bilan birga alkogol izlari, yana birida esa ayauaskaga xos gallyutsinogen garmin moddasi topilgan. Bu ayauaskaning qadimiy qurbonlik marosimlarida qöllanganiga oid ilk dalillardan biri hisoblanadi.

Inklar “kapakoça” deb nomlangan bolalarni qurbonlik qiliş marosimini XV–XVI asrlarda diniy amaliyotning muhim qismi sifatida ötkazgan. Ispan solnomaçilari ham marosimlarda mast qiluvçi moddalar işlatilgani haqida yozgan, biroq ularning heç biri marosimni bevosita kuzatmagan.

Tadqiqotçilarning fikriça, bu moddalar bolalarni tinçlantiriş, tog‘ çöqqilariga olib çiqiş paytida tog‘ kasalligi alomatlarini yengillaştiriş hamda ularni marosimga ruhiy tayyorlaş uçun işlatilgan. Ayrim moddalar qurbonlik joylaridan uzoqda ösadigan ösimliklardan olingani esa inklar imperiya hududidagi ösimliklar va ularning xususiyatlarini yaxşi bilganidan dalolat beradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News