
- 22
- 14.11.2026 13:27:00
- 1 мин оқу
AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset Arlington milliy qabristonida unga tanbeh bergan harbiy xizmatçi Tomas Iglesiasni namunali xizmati uçun medal bilan mukofotladi.
The Waşington Post naşrining yozişiça, voqea Faxriylar kuniga bağişlangan marosimdan söng yuz bergan. Hegset va uning maslahatçilari Nomaʼlum askar qabri yonida baland ovozda gaplaşib, kulişgan. Şunda faxriy qorovul safida xizmat qilayotgan askar ularga bu joyda jimlik va odob qoidalariga rioya qiliş kerakligini eslatgan.
Pentagon Iglesiasning harakatini intizom va xizmat qoidalariga sodiqlik namunasi sifatida baholagan. Hegset ham askarning xatti-harakatini yuqori baholab, uni medal bilan taqdirlagan. Maʼlumot uçun, Arlington milliy qabristonidagi Nomaʼlum askar qabri AQŞning muhim harbiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Uni 1948-yildan buyon faxriy qorovul keça-yu kunduz qöriqlab keladi.