Özbekistonda radarlar faoliyati yuzasidan tekşiruvlar boşlandi

Özbekistonda radarlar faoliyati yuzasidan tekşiruvlar boşlandi
  • 22
  • 16.11.2026 11:18:00
  • 1 мин оқу

Özbekistonda yöl harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvçi radarlar faoliyati ustidan nazorat kuçaytirildi.

Maʼlum bölişiça, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim radarlar noqonuniy işlayotgani va haydovçilarning tezligini meʼyordan yuqori körsatib qayd etayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Şu munosabat bilan Yöl harakati xavfsizligi xizmati maxsus jihozlangan avtomobillar yordamida respublikaning barça hududlaridagi foto-video qayd etiş qurilmalari va radarlarni tekşirişni boşladi.

Tekşiruv davomida radarlarning texnik talablarga muvofiqligi, tezlikni qayd etiş aniqligi hamda qonuniy faoliyat yuritişi örganiladi. Qurilmalar, şuningdek, Özbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassislari tomonidan muntazam metrologik sinovlardan ötkaziladi.

Aniqlangan kamçiliklar va qonunbuziliş holatlari yuzasidan masʼullarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar köriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News