Özbekistonda öqituvçilarning 62,3 foizi kasbiy sertifikatlaşdan öta olmadi

Özbekistonda öqituvçilarning 62,3 foizi kasbiy sertifikatlaşdan öta olmadi
  • 21
  • 20.11.2026 12:15:00
  • 1 мин оқу

Özbekistonda 2024–2026-yillar davomida kasbiy sertifikatlaş testlarida qatnaşgan öqituvçilarning 62,3 foizi yetarli natija körsata olmadi. Bu haqda Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi maʼlum qildi.

Agentlik 2024–2026-yillarda mamlakatning 14 hududida, 46 ta akademik fan va mutaxassislik böyiça ötkazilgan oltita test bosqiçi natijalarini tahlil qilgan. Unda jami 47 936 nafar öqituvçi qatnaşgan bölib, bu mamlakatdagi pedagoglar umumiy sonining 6,9 foizini taşkil etadi. Sertifikatlaşdan muvaffaqiyatli ötgan öqituvçilarning 12 693 nafari 56–70 ball, 4 778 nafari 72–85 ball töplagan. Eng yuqori — 86 va undan ortiq ballni esa 608 nafar iştirokçi qayd etgan.

Taʼlim muassasasi turiga qarab natijalar ham farq qilgan. Sertifikat olganlarning eng yuqori uluşi klassik davlat universitetlari bitiruvçilari orasida kuzatilib, 39,9 foizni taşkil etgan. Ixtisoslaştirilgan va boşqa oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarida bu körsatkiç 37,6 foiz, pedagogika universitetlari bitiruvçilarida esa 37,2 foiz bölgan.

Örta maxsus maʼlumotga ega öqituvçilar orasida 24,7 foiz, xorijiy taʼlim muassasalari bitiruvçilari orasida esa 23,3 foiz iştirokçi sertifikatlaşdan muvaffaqiyatli ötgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News