
- 14
- 17.11.2026 12:20:00
- 1 мин оқу
Özbekistonda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar 2027/2028-öquv yilidan boşlab oliy taʼlim olişi mumkin böladi. Ular oliy taʼlim taşkilotlariga kirib, masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida tahsil oliş imkoniyatiga ega böladi. Bu haqda prezidentning qarorida maʼlum qilindi.
Qarorga köra, masofaviy taʼlimga qabul qilingan mahkumlar uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus öquv xonalari ajratiladi. Şuningdek, 2027/2028-öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Qaror doirasida 2030-yilgaça mehnat bozorida talab yuqori bölgan kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy etiladi. Har yili 15–20 ming nafar mahkumni kasbga öqitiş va takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga kamaytiriş maqsad qilingan.
Bundan taşqari, yoş mahkumlar orasidan saylov orqali yoşlar faollari tanlanadi. Ular har çorakda bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida rağbatlantiriladi. Barça koloniyalarda mahkumlar örtasida masofaviy şaklda “Yoş kitobxon” tanlovi ham taşkil etiladi. Jazoni ijro etiş muassasalari kutubxonalarida “Mutolaa” platformasidan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.