
- 32
- 14.11.2026 15:56:00
- 2 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kokoş” taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova, aktrisa Barçin Ğofurova va “Ryyan Sweet” nomi bilan tanilgan bloger Nihola Rajabova ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 13-noyabr kuni Toşkent şahar sudining apellyatsiya instansiyasi ularning jinoyat işini qayta körib, avvalgi hukmni bekor qilgan va yangi jazo tayinlagan.
Sud hukmiga köra:
Komila Abduqodirova — 3 yil 6 oy;
Barçin Ğofurova — 4 yil;
Nihola Rajabova — 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Ular haqorat qiliş va tovlamaçilikda aybli deb topilgan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. Sud hujjatlarida qayd etilişiça, mojaro Komila Abduqodirovaning “Med Consultant” xususiy klinikasida ötkazgan plastik operatsiyasidan keyin boşlangan. Unda nekroz kuzatilgaç, u klinika rahbarini ayblab, ijtimoiy tarmoqlarda şifokorlar haqida haqoratli videolar joylagan.
Sud ma’lumotlariga köra, sudlanuvçilar klinika rahbaridan uşbu videolarni öçiriş va klinikaning obrösini tiklaş evaziga Komilani Turkiyadagi klinikada qöşimça davolatiş uçun 35 ming dollar talab qilgan. Sudlanuvçilar sud majlisida öz ayblariga iqror bölmagan.
Eslatib ötamiz, 16-iyun kuni birinçi instansiya sudi Komila Abduqodirovaga 1 yil 6 oy, Barçin Ğofurovaga 1 yil 3 oy ozodlikni çeklaş, Nihola Rajabovaga esa 3 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan edi. Jabrlanuvçi va sudlanuvçilardan birining şikoyatidan söng iş apellyatsiya instansiyasida qayta körib çiqilgan.