Bolalarning 66 foizi internetsiz qolsa, asabiylaşadi — tadqiqot

Bolalarning 66 foizi internetsiz qolsa, asabiylaşadi — tadqiqot
  • 15
  • 19.11.2026 11:33:00
  • 1 мин оқу

Kaspersky laboratoriyasi tadqiqotida bolalarning qariyb uçdan ikki qismi internetga ulanmay qolganda salbiy his-tuyğularni boşdan keçirişini maʼlum qildi. Tadqiqot natijalari Toşkentda bölib ötgan Kaspersky CyberSecurity Weekend 2026 konferensiyasida taqdim etilgan. Unga köra, internetdan foydalana olmaganda bolalarning 66 foizi salbiy hislarni boşdan keçiradi. Kattalar orasida bu körsatkiç 51 foizni taşkil etgan.

Xususan, internet yöqligi bolalarning 27 foizida asabiylaşiş, 22 foizida xavotir va 19 foizida yolğizlik hissini keltirib çiqaradi. Kattalar orasida esa bu körsatkiçlar mos ravişda 11, 17 va 6 foizni qayd etadi. Şuningdek, yoş oşgani sari internetsiz qolişga çidaş qiyinlaşadi. 6–10 yoşli bolalarning 38 foizi internet yöqligiga toqat qila olsa, 15–17 yoşli ösmirlar orasida bu körsatkiç atigi 20 foizni taşkil qiladi.

Tadqiqotda bolalar uyğoq vaqtining qariyb 49 foizini internetda ötkazişini bildirgan. Ota-onalar esa bu körsatkiçni 44 foiz deb baholagan. Şu bilan birga, bolalarning 43 foizi qurilmalaridan köproq tanaffus qiliş va oflayn maşğulotlar bilan şuğullanişni istaydi.

Mutaxassislar bolalarni gadjetlardan foydalanişda faqat taqiqlar bilan çeklamaslik, balki oilaviy odatlar orqali muvozanatni şakllantirişni tavsiya qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News