
- 0
- 27.01.2026 15:09:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Shinjon hududidagi Fuyun tumanida ayol chang‘ichi qor qoploniga juda yaqin kelib, uni suratga olishga uringan va natijada hujumga uchragan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoh yirtqichni ko‘rib, taxminan 3 metr masofagacha yaqinlashgan. Qor qoploni unga tashlanib, yerga yiqitgan. Chang‘i dubulg‘asi og‘ir jarohatlarning oldini olgan bo‘lsa-da, jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli barqaror ekani aytilgan. Xitoy rasmiylari hududda qor qoplonlari ko‘paygani sababli sayyohlarni ogohlantirib, yirtqichlarga yaqinlashmaslik, transport vositasidan tushmaslik va yolg‘iz yurmaslikni qat’iy tavsiya qilgan.