
- 0
- 24.11.2026 12:36:00
- 1 daq o'qish
AQŞ prezidenti Donald Tramp Adliya vazirligiga federal darajadagi ölim jazolarini ijro etiş jarayonini tezlaştirişni buyurdi. Jumladan, u ayrim oğir jinoyatlarda, jumladan, bolalarni öldiriş, zörlaş va odam savdosi bilan boğliq qotilliklarda ayblangan şaxslar uçun ölim jazosini talab qiliş böyiça körsatma bergan.
Şuningdek, Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomni 500 dan ortiq mahbusning ölim jazosini yengillaştirgani uçun keskin tanqid qilgan.
Gubernatorning qaroriga köra, ölim jazosiga hukm qilingan mahbuslarning jazosi şartli ozod qiliş huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almaştirilgan. Uşbu işlarning barçasi Kaliforniya ştati sudlarida körib çiqilgan.
Tramp Nyusomning qarori bekor qilinişi kerakligini taʼkidlab, gubernatorni oğir jinoyatlar sodir etgan şaxslarni qöllab-quvvatlaşda ayblagan. Prezident öz çiqişi davomida qurbonlarning yaqinlarini ham sahnaga taklif qilib, ularning fikrlarini tinglagan.
Gevin Nyusom esa videomurojaat orqali prezidentning tanqidiga javob qaytargan. U jazosi yengillaştirilgan barça mahbuslar umrbod qamoqda qolişini taʼkidlagan. Şuningdek, Trampni siyosiy ittifoqçilarini himoya qiliş uçun adliya tizimidan foydalanişda ayblagan.