
- 4
- 18.03.2023 09:15:00
Bugun O‘zbekiston finalda o‘ynaydi!
Bugun, 18-mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari yakunlanadi. Hal qiluvchi bellashuvda mezbon – O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Iroqqa qarshi maydonga tushadi.
Bu jamoalar turnirning guruh bosqichida ham to‘qnash kelgan. “A” guruhi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari kichik hisobda g‘alaba qozongandi.
Yarim finalda O‘zbekiston Janubiy Koreyadan, Iroq esa Yaponiyadan penaltilar seriyasida ustun kelgandi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston-Iroq o‘yini soat 19:00 da start oladi. Bahs Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.