Messi uchun Argentina libosidagi so‘nggi sahna… 💔

Messi uchun Argentina libosidagi so‘nggi sahna… 💔
  • 1
  • 08.10.2026 11:40:00
  • 1 daq o'qish

21 yil davomida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushgan Lionel Messi nihoyat terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qo‘ydi. “Benin”ga qarshi so‘nggi uchrashuvida u bir gol urib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi va Argentina 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
85 mingdan ortiq muxlis oldida Messi ko‘zlarida yosh bilan Argentina libosini so‘nggi bor kiyib, muxlislar bilan xayrlashdi. U terma jamoadagi faoliyatini 208 ta o‘yin va 126 ta gol bilan yakunladi. 🥹
Jahon chempionligi, Amerika kuboklari va millionlab muxlislarning sevgisi… Endi Argentina futbolida bir davr rasman yakunlandi. 💙🤍

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News