• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekiston 8 oyda Xitoyga qariyb 371 mln dollarlik gaz sotgan

O‘zbekiston 8 oyda Xitoyga qariyb 371 mln dollarlik gaz sotgan
  • 3
  • 21.09.2023 08:44:00

O‘zbekiston 8 oyda Xitoyga qariyb 371 mln dollarlik gaz sotgan

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistondan Xitoyga gaz importi 370,57 million dollarga tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kam deganidir.

TASS nashrining Xitoy Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib ma’lum qilishicha, mamlakatga gaz import qiluvchi davlatlar orasida Turkmaniston hamon birinchi o‘rinni egallab turibdi: sakkiz oy davomida 6,63 mlrd dollarlik (5 foizga o‘sish) tabiiy gaz sotilgan. Ikkinchi o‘rinda Rossiya (86,4 foizga o‘sib, 4,46 mlrd dollar), uchinchi o‘rinda Myanma (16,2 foizga o‘sib, 993,94 mln dollar) qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarda esa Qozog‘iston (2,3 foizga pasayib, 782,91 mln dollar) va O‘zbekiston (40 foizga pasayib, 370,57 million dollar) bormoqda.

Manba: Xabar.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News