
- 1
- 28.11.2026 11:58:00
- 1 daq o'qish
27-noyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xalqaro velosipedçilar ittifoqi prezidenti David Lappartyanni qabul qildi.
Uçraşuvda Özbekistonning mazkur xalqaro sport taşkiloti bilan hamkorligini yanada kengaytiriş, velosport va paravelosportni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
David Lappartyan Özbekistonning velosport sohasida erişgan yutuqlarini, zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantiriş hamda yoşlarni uşbu sport turiga keng jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarni alohida e’tirof etdi.
Tomonlar sportçilarni tayyorlaş, murabbiylar malakasini oşiriş böyiça qöşma dasturlarni amalga oşiriş hamda Toşkentda Jahon velosport markazining mintaqaviy filialini taşkil etiş masalalarini körib çiqdi.
Şuningdek, Özbekistonda velosport böyiça yirik xalqaro musobaqalarni ötkaziş rejalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Şavkat Mirziyoyev velosportni rivojlantiriş va ommalaştirişga qöşgan hissasi uçun Osiyo velosport konfederatsiyasining oliy faxriy mukofoti — “Prezident mukofoti”ga sazovor bölganini David Lappartyan ma’lum qildi.