O‘zbek taekvondochilari Xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi

O‘zbek taekvondochilari Xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi
  • 5
  • 13.03.2023 13:18:00
  • 1 daq o'qish

Niderlandiyaning Eyndxoven shahri mezbonlik qilgan taekvondo WT bo‘yicha “Dutch Open” xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilar ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular 3 ta oltin va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Murosasiz bahslarda Jasur Jaysunov (-74 kg), Shuhrat Saloyev (-80 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) oltin medalga sazovor bo‘ldi. 
Yangi vazn toifasida ikkinchi bor ishtirok etgan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov (-74 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) bronza medali sohibiga aylandi. 

O‘zbekiston jamoasi endi Belgiyaning Lommel shahri mezbonlik qiladigan “Belgian Open” musobaqasiga tayyorgarlikni boshlaydi. Ushbu turnir 18-19 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News