
- 5
- 19.01.2026 14:53:00
- 1 daq o'qish
AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Yaqin Sharqdagi tinchlik tashabbusiga qo‘shilish uchun Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida taklif qildi. O‘zbekiston rahbari taklifni qabul qilganini bildirgan va kengash orqali mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga tayyorligini ma’lum qilgan. Tashabbus 2025-yil sentabrda e’lon qilingan, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan qo‘llab-quvvatlangan va G‘azodagi mojaroni tugatishga qaratilgan kompleks reja asosida ishlab chiqilgan. Tinchlik kengashi ijroiya qo‘mitasiga Tramp, Marko Rubio, Stiv Uitkoff, Jared Kushner va Toni Bler kiradi. Kengash qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinsa-da, ularni Tramp tasdiqlaydi.