Toyota “Walk Me” nomli yangi robot-kreslo konseptini taqdim etdi

Toyota “Walk Me” nomli yangi robot-kreslo konseptini taqdim etdi
  • 8
  • 06.11.2025 15:35:00
  • 1 daq o'qish

Toyota to‘rt mexanik oyoqqa ega bo‘lgan robotlashtirilgan kreslo — Walk Me konseptini namoyish qildi. Bu qurilma oddiy g‘ildirakli aravachalar kira olmaydigan joylarda ham harakatlana oladi: zinapoyalar, notekis yerlar, qiyaliklar va to‘siqlar endi muammo emas. Loyiha muhandislari ushbu mexanizm uchun echkilar va qisqichbaqalar harakatidan ilhomlangan. Eng qulay tomoni — Walk Me atigi 30 soniyada chamadonga o‘xshab yig‘ilib qoladi, ya’ni uni tashish juda oson.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News