AQŞda qutqaruv işlari uçun yangi robot işlab çiqildi

AQŞda qutqaruv işlari uçun yangi robot işlab çiqildi
  • 3
  • 21.11.2026 16:12:00
  • 1 daq o'qish

AQŞning Kaliforniya ştatidagi Satyress Robotics startapi insonlar uçun xavfli hududlarda işlaşga möljallangan Threehalves nomli robotni işlab çiqmoqda.
Böyi 2,1 metrga yaqin böladigan robotning yuqori qismi odam tanasiga öxşaydi, pastki qismi esa dört oyoqdan iborat. Bu tuziliş unga notekis joylarda muvozanatni saqlaş imkonini beradi.
Robot örmon yonğinlari, qulagan binolar va xavfli daraxt kesiş hududlarida işlaş uçun möljallangan. Uning qöllariga benzinli arra, drel va buragiç kabi turli asboblarni örnatiş mumkin.
Threehalves masofadan turib operator tomonidan boşqariladi. Şoxlariga joylaştirilgan kameralar uning harakatlarini kuzatişga yordam beradi. Texnik nosozlik yuz berganda esa maxsus xavfsizlik mexanizmlari robotning böğimlarini qotirib qöyişga möljallangan.
Hozirça robot prototip bosqiçida bölib, sotuvga çiqiş sanasi noma’lum. Loyiha muallifi Bo Gastonning aytişiça, maqsad işçilarni almaştiriş emas, balki ularni xavfli şaroitlardan himoya qilişdir.
💬 Sizningça, bunday robotlar qutqaruv işlarida foydali böladimi?
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News