Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi
  • 1
  • 23.01.2026 14:32:00
  • 1 daq o'qish

2026-yil 22-yanvar kuni Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ko‘ra, axborot xizmati rahbarlari Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi shart.
Attestatsiyani o‘tkazish uchun Markaz direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti kishidan iborat attestatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya davlat organlaridan attestatsiya muddati yetgan rahbarlar ro‘yxatini so‘rab oladi va ularning anketalarini 10 kun ichida ko‘rib chiqadi. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida attestatsiya ikki oy muddatda o‘tkaziladi. Attestatsiya og‘zaki suhbat shaklida bo‘lib, besh savol va amaliy sinovlarni o‘z ichiga oladi. Natijalar besh ballik tizimda baholanadi. Kamida 4 ball olgan talabgor attestatsiyadan o‘tgan deb topilib, unga tegishli guvohnoma beriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News