Qilichbozlarimizda oltinlar soni 7 taga yetdi!

Qilichbozlarimizda oltinlar soni 7 taga yetdi!
  • 6
  • 09.03.2023 12:56:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Yigitlar shpaga va sablya, qizlar rapira qurolida jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Sablyachilarimiz mazkur yo‘nalishda ham oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Finalda yigitlarimiz Xitoydan 45:33 hisobida ustun kelishdi.

Qilichbozlarimizning musobaqada hozirgacha jamg’argan medallari 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News