
- 3
- 19.09.2023 08:24:00
Davlat rahbari Nyu-Yorkda “Oppenheimer” investisiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jon Tonelli bilan ushrashdi
Uchrashuvda aktivlari qiymati $36 mlrd bo‘lgan ushbu yirik investisiya bankining sarmoyasini jalb qilgan holda O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi tashrifi davomida, “Oppenheimer” investisiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Aktivlari qiymati 36 mlrd dollar bo‘lgan ushbu yirik investisiya bankining sarmoyasini jalb qilgan holda mamlakatimizda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Jon Tonelli O‘zbekistonda sanoat quvvatlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalarga xususiy investisiyalarni jalb qilish yuzasidan kelishuvlar erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Birinchi bosqichda to‘qimachilik klasterlari, qurilish materiallari sanoati korxonalarini rivojlantirish, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga investisiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatda amaliy ishlarni boshlashga topshiriq berdi.
Manba: uznews.uz