
- 0
- 27.01.2026 14:26:00
- 1 daq o'qish
FIFA’ning World Cup Trophy Tour global safari doirasida 6,175 kg og‘irlikdagi asl oltin FIFA Jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelindi. Kubokning O‘zbekistonga olib kelinishi Coca-Cola kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayohat doirasida amalga oshdi. Tadbirda Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, Coca-Cola kompaniyasi rahbarlari ishtirok etdi. Kubok bilan birga 2006-yilgi jahon chempioni, Italiya terma jamoasi afsonasi Marko Materatssi ham Toshkentga tashrif buyurdi va u taqdimot davomida sovrinni kuzatib boradi. Bu O‘zbekiston futbol muxlislari uchun afsonaviy sovrinni jonli ko‘rish imkonini beradi.