
- 3
- 08.04.2026 18:23:00
Uchar avtomobillar davri boshlandi
Ilgari faqat filmlarda ko‘rgan narsalarimiz asta-sekin haqiqatga aylanmoqda. Shunday innovatsion loyihalardan biri “Air Car” boʻlib, u avtomobil va samolyotni birlashtirgan noyob texnika hisoblanadi. Ushbu qurilma Slovakiyaning “ Klein Vision”kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Air Car oddiy mashina kabi yoʻlda harakatlana oladi,ammo zarur paytda juda qisqa vaqt ichida qanotlarini chiqaradi va samalyotga aylanib parvoz qila oladi. Texnik jihatdan qaraganda,bu uchar avtomobil 1.6 litrli dvigatel bilan jihozlangan va oddiy yonilgʻida ishlaydi. Havodagi tezligi taxminan 190–200 km/soatga yetadi va bir martalik parvoz masofasi 1000 km ga boradi. Biroq, u vertikal uchmaydi, ya’ni samolyot kabi maxsus uchish-qo‘nish yo‘lagiga ehtiyoj sezadi. Hozirgi kunda AirCar rasmiy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va yaqin yillarda bozorga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Uning narxi taxminan 800 ming dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.





