Otasini kaltaklab o‘ldirgan o‘g‘il 5 yilga qamaldi

Otasini kaltaklab o‘ldirgan o‘g‘il 5 yilga qamaldi
  • 0
  • 16.01.2026 14:11:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 41 yoshli fuqaro Almas Sadakbayev o‘z otasini kaltaklab, o‘limiga sabab bo‘lgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ushbu fojia o‘tgan yili sentabr oyida qo‘shnilar tomonidan yashirincha tasvirga olingan videolar orqali ma’lum bo‘lgan. Unda erkak keksa otasini o‘z hovlisida kaltaklayotgani aks etgan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, u 2020-yildan beri kasal bo‘lib, harakatlanolmay qolgan otasidan mustaqil hojatxonaga bora olmagani uchun g‘azablangan. Erkak voyaga yetmagan farzandlari borligini, ularni boqish mas’uliyati zimmasida ekanini va qilgan ishidan pushaymonligini aytib, suddan yengillik so‘ragan. Sud hukmi bilan ayblanuvchiga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosі tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News