- 0
- 19.05.2025 15:29:00
- 1 daq o'qish
Xonanda Ozoda Nursaidova o‘z konsertida model Sabrina Jabborovaga bir xonali uy sovg‘a qildi. Bu sovg‘a, 2024-yil noyabrida klip suratga olish vaqtida og‘ir jarohat olgan Sabrinaga yordam sifatida berildi.
Avvalroq tadbirkor Marat Hamdamov unga uy berishni va’da qilgan edi, ammo ba’zi sabablar bilan bu bajarilmadi. Natijada mojaro yuzaga keldi. Ozoda Nursaidova esa vaziyatni hal etish maqsadida uy sovg‘a qilishga qaror qildi.