
- 0
- 26.11.2026 09:22:00
- 1 daq o'qish
Markaziy Osiyoda OIV bilan kasallaniş va OITS oqibatida vafot etiş holatlari köpaymoqda. Bu haqda BMTning OIV/OITS böyiça qöşma dasturi yangi hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga köra, 2010-yildan buyon dunyo böyiça OIV yuqtirişning yangi holatlari 42 foizga, OITS bilan boğliq ölimlar esa 57 foizga kamaygan. Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda esa, aksinça, bu körsatkiçlar mos ravişda 17 va 11 foizga oşgan.
2025-yilda mintaqada 120 ming kişida OIV aniqlangan, 43 ming kişi OITS bilan boğliq kasalliklardan vafot etgan. Hozirda Markaziy Osiyo va Şarqiy Yevropada qariyb 2 million kişi OIV bilan yaşamoqda.
Ularning 83 foizi öz kasalligi haqida xabardor, biroq atigi 56 foizi davolaniş uçun antiretrovirus terapiya olmoqda. OIV bilan yaşayotganlarning faqat 48 foizida virus miqdori yuqiş xavfi bölmagan darajagaça kamaytirilgan. Bu dunyodagi eng past körsatkiç hisoblanadi.
BMT vaziyatning yomonlaşişiga OIV bilan yaşayotgan insonlarga nisbatan kamsitiş, keç taşxis qöyiş va jazolovçi qonunlarni asosiy omillar sifatida körsatgan. Şuningdek, 2025-yilda mintaqada OIVga qarşi kuraş dasturlarini xalqaro moliyalaştiriş 26 foizga qisqarib, 264 million dollardan 196 million dollarga tuşgan. Davlatlarning öz mablağlari hisobidan ajratgan xarajatlari oşgan bölsa-da, bu kamayişni qoplamagan.
Ma’lumot uçun, OIV — inson immunitet tizimiga ta’sir qiluvçi virus, OITS esa uşbu infeksiyaning davolanmagan holatda rivojlanişi mumkin bölgan eng oğir bosqiçidir.