⚡️ Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi

⚡️ Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi
  • 0
  • 25.06.2025 07:09:00
  • 1 daq o'qish

 

Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni davlat tashrifi doirasida rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga bordi. Ulan-Bator shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Shuningdek, prezidentlar huzurida bir qator hujjatlar imzolandi. Bu tashrif O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida 1992-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri ilk bor o‘tayotgan oliy darajadagi tashrif bo‘ldi. 
Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News