• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

🎭 “Sadoqat bilan...” spektakli

🎭 “Sadoqat bilan...” spektakli
  • 4
  • 16.01.2023 11:46:00

🎭 “Sadoqat bilan...” spektakli

14-yanvar kuni soat 18:00 da O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Sadoqat bilan...” spektakli namoyish etiladi.

Janr: Drama
Muallif: Nurillo Abbosxon

Rollarda:
Kamol Sodiqov – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov
Polkovnik Ahror Sodiqov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov
Shohista – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya Abduqodirova
Polkovnik Meliyev – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov
Xosiyat – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorova
va boshqalar

Spektaklda oila boshlig‘i Kamol Sodiqov Vatanga xizmat qilishni umrini bag‘ishlashga arziydigan muqaddas burch, deb biladi. To‘rt o‘g‘li ham otalik kasbini tanlagan. Ular ham otalari kabi Vatanni himoya qilishni o‘z hayotining mazmuni deb bilgan halol ofitserlardir. Tevarakda bo‘layotgan ilm olamining ishlari bu halol insonlarni ham bo‘ronga tortadi.

📍Lokatsiya

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News