
- 1
- 08.10.2026 10:53:00
- 1 daq o'qish
Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury Publishing tomonidan chop etiladi.
Kitoblar “Pocket Potters” turkumining bir qismi bo‘lib, unda mashhur qahramonlar, ularning hikoyalari, iqtiboslari va qiziqarli faktlari haqida ma’lumot beriladi.
Yangi kitoblardan biri professor Minerva Makgonagallga, ikkinchisi esa Fred va Jorj Uizli egizaklariga bag‘ishlanadi. Avvalgi nashrlarda Garri Potter, Ron Uizli, Germiona Greynjer, Luna Lavgud va Albus Dambldor haqida so‘z yuritilgan.
Fred va Jorj haqidagi kitobda ularning maktabdagi hazillari, yaratgan sehrli buyumlari hamda keyinchalik “Har xil sehrli zararli buyumlar” do‘konini tashkil etishigacha bo‘lgan yo‘li tasvirlanadi.
Makgonagallga bag‘ishlangan nashr esa uning sehr-jodudagi qobiliyatlari, Griffindordagi faoliyati va Garri Potter bilan munosabatlariga e’tibor qaratadi.
“Garri Potter” muxlislarini yana bir yangilik kutmoqda: HBO serialining yangi ekranlashtirilgan talqinini 25-dekabrdan namoyish eta boshlaydi. Unda Garri Potter rolini Dominik Maklaflin, Ron Uizli rolini Alaster Stout, Germiona Greynjer rolini Arabella Stanton ijro etadi.