
- 3
- 03.07.2024 14:41:00
iPhone batareyalarini almashtirish osonroq bo‘ladi
Apple tez orada batareyalar va ekranlarni almashtirishni osonlashtiradi. Endi kompaniya ekran va iPhone’ga joylashtirilgan batareyalar haqida ko‘proq ma’lumot beradi.
Kompaniya o‘zining “o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan ta’mirlash diagnostikasi” vositasini yaratishini e’lon qildi, bu foydalanuvchilarga o‘z qurilmalaridagi muammolarni yanada kengroq tahlil qilish imkonini beradi.