Prezident Toshkent shahri qo‘riqlash xizmati faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Prezident Toshkent shahri qo‘riqlash xizmati faoliyatini ko‘zdan kechirdi
  • 2
  • 27.01.2026 16:43:00
  • 1 daq o'qish

27-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari aholining tinchligi va mol-mulk xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy texnik va tashkiliy yondashuvlarni ko‘zdan kechirdi. Shu jumladan, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklariga “tashvish” tugmalari o‘rnatilib, himoya orderi berilgan ayollar xavfsizligi ta’minlandi. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilib, qo‘riqlanayotgan obyektlar soni yil davomida 99 foizga, xonadonlar soni 118 foizga oshdi. Texnik qo‘riqlash markazlari va tezkor guruhlar soni ham sezilarli darajada ko‘paytirildi. Shuningdek, Prezident xizmat binosida ishlatilayotgan maxsus texnika, dronlar va jamoat tartibini saqlash transport vositalarini ham ko‘zdan kechirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News