
- 0
- 24.05.2025 18:12:00
- 1 daq o'qish
2024/2025-o‘quv yilida maktabni tugatayotgan 450 mingdan ortiq bitiruvchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni tabrik yo‘lladi. U yoshlarga omad, kuch-g‘ayrat tilab, ularga katta ishonch bildirgan.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, 11 500 nafardan ortiq bitiruvchi oltin, 2 mingdan ortig‘i kumush medal bilan taqdirlanmoqda.
“Sizlardek o‘z kuchiga ishongan, qat’iyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi. Ana shunday yuksak ishonchga doimo munosib bo‘ling! Intilish, izlanish va yangilik yaratishdan aslo charchamang! Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!” deya yakunlanadi Prezident tabrigi.
❗️Eslatib o‘tamiz, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bugun, 24-may kuni o‘tkaziladi. Tadbirlar xavfsizligini huquq-tartibot idoralari ta’minlaydi.