
- 0
- 24.06.2025 11:40:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida mahalla raisi hokim tanbehidan so‘ng vafot etgani haqida xabarlar tarqalgach, tuman hokimligi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla raislariga topshiriqlar berilgan, yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan bo‘lsa-da, tuman hokimi Elyorbek Asronqulov haqoratli so‘z ishlatmagan.
“Kaldushon” mahallasi raisi Sharifjon Abdullayev sog‘lig‘i yomonlashgani sababli yig‘ilishni tark etgan. Tashqi hovlida ahvoli og‘irlashgach, tez yordam chaqirilgan va u tibbiyot muassasasiga olib borilgan, biroq shifokorlar uni saqlab qola olishmagan.