
- 0
- 20.06.2025 07:55:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonning yirik savdo tarmog‘i bo‘lgan Magnum O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatyapti. Toshkentdagi do‘konlarning ayrimlari allaqachon yopilgan, qolganlarida esa mahsulotlar tugatilmoqda.
Magnum 2021-yilda O‘zbekiston bozoriga kirgan, 2023-yilda esa Carrefour tarmog‘ini sotib olgan edi. Biroq 2024-yildan boshlab kompaniya kengayish rejasini bekor qildi.
Magnumning O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatish sabablari bo‘yicha rasmiy izoh berilmagan.