
- 2
- 26.01.2026 16:39:00
- 1 daq o'qish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati va Bosh assambleya ishtirokchilarini qabul qildi. Uchrashuvda Osiyo Olimpiya kengashining yangi prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning samimiy salomlarini yetkazdi.
Prezident Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqaro sport harakatining ishonchli hamkori ekanini taʼkidladi va tashkilot assambleyasini Toshkentda oʻtkazishga qaror qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Sportni rivojlantirish “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida ustuvor yoʻnalish sifatida belgilanganligi qayd etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va qoʻshma dasturlarni amalga oshirishga tayyorligi bildirildi. Tadbir yakunida Prezidentimiz Husayn al-Musallamga sport sohasidagi ulkan hissasi uchun “Doʻstlik” ordenini topshirdi.