
- 4
- 14.11.2026 14:22:00
- 1 daq o'qish
Argentinada “Xuventud Antoniana” va “Sypolletti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng jiddiy tartibsizlik yuz berdi. Hakamlarning o‘yin davomidagi qarorlaridan norozi muxlislar hushtakdan keyin tribunadan ularga turli buyumlarni ota boshladi.
Vaziyat keskinlashgach, politsiya maxsus qalqonlardan jonli himoya devorini hosil qilib, hakamlar brigadasini xavfsiz joyga olib chiqdi.
Sizningcha, muxlislarning bunday xatti-harakatlariga qarshi qanday choralar ko‘rilishi kerak?