
- 1
- 13.11.2026 10:45:00
- 1 daq o'qish
Kerrik yanvar oyida jamoaga qaytgan va 2025/26-yilgi mavsumning qolgan 17 ta uchrashuvida 12 ta g‘alabaga erishib, klubni APLda uchinchi o‘ringa olib chiqqan. Ushbu davrda “Manchester Yunayted” liga jamoalari orasida eng ko‘p ochko jamg‘argan.
Biroq mavsumning omadsiz boshlanishi ortidan klub rahbariyati murabbiylik shtabida o‘zgarish qilishga qaror qilgan. “Manchester Yunayted” Kerrikni klub afsonasi sifatida e’tirof etib, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Klub yangi doimiy bosh murabbiyni imkon qadar tezroq tayinlashni rejalashtirmoqda.
Sizningcha, Kerrikning ketishi “Manchester Yunayted” uchun to‘g‘ri qarormi?