5700 yil xizmat qiladigan olmosli akkumulyator yaratildi

5700 yil xizmat qiladigan olmosli akkumulyator yaratildi
  • 11
  • 07.12.2024 10:26:00
  • 1 daq o'qish

Buyuk Britaniyada olimlar va muhandislar jamoasi minglab yillar davomida mikroenergiya yetkazib berishga qodir bo‘lgan dunyodagi birinchi uglerod-14 olmosli akkumulyatorni ishlab chiqdi. Akkumulyator zaryadsizlanmaydi, 6000 yilgacha energiya chiqaradigan Karbon-14 izotopi va olmosga asoslangan. Har qanday sharoitga issiq, sovuq va kosmosda ham bardosh beradi.

Batareya radioaktiv parchalanish orqali kichik miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun uglerod-14 radioaktiv izotopidan foydalanadi. Yarim yemirilish davri 5700 yil bo‘lgan izotop past vattli qurilmalarni deyarli cheksiz muddatga quvvatlantirishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News