
- 0
- 16.01.2026 14:20:00
- 1 daq o'qish
“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov 16-yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida dabdabali to‘ylarni kamaytirish maqsadida mehmonlar soniga qarab hashamat solig‘i joriy etishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, ko‘p sonli mehmon bilan o‘tkaziladigan to‘ylar oilalar daromadining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Taklifga ko‘ra, qancha ko‘p mehmon chaqirilsa, to‘lanadigan soliq miqdori ham shuncha oshadi. Qodirov to‘ylarning asl maqsadi ikki yoshning nikohini e’lon qilish ekanini, buning uchun katta sarf-xarajatlar shart emasligini aytdi. U ortiqcha mablag‘ni to‘yga emas, balki farzandlar ta’limi, uy-joy, avtomobil yoki boshqa foydali ehtiyojlarga sarflash lozimligini ta’kidladi.