
- 1
- 10.05.2023 15:22:00
🥤👉📱Qayta ishlangan plastmasadan smartfon ishlab chiqarildi
📱Sharp Aquos Wish 3 suvga chidamli qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan ixcham smartfon. Qurilma bir vaqtning o‘zida bir nechta xususiyatlar bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu 5,7 dyuymli ekranga ega ixcham qurilma. Bugungi standartlarga ko‘ra, bu kamdan-kam uchraydi. Ikkinchidan, yapon smartfonlari uchun an’anaviy suv himoyasi (IP67) mavjud. Uchinchidan, smartfon korpusi qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan. 4 GB operativ xotira va atigi 64 GB flesh xotira mavjud. Batareya quvvati 3730 ma/soatni tashkil qiladi, asosiy kamera 13 Mp piksellar soniga ega va displey yuqori kadr tezligi bilan maqtana olmaydi.
Siz ushbu smartfonni ishlatgan bo‘larmidingiz?