
- 5
- 19.01.2026 10:18:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda ekologik jihatdan xavfli va energiya sarfi yuqori bo‘lgan 87 ta sanoat korxonasini shahar tashqarisiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qaror Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida qabul qilingan bo‘lib, korxonalarni modernizatsiya qilish va ularni bosqichma-bosqich shaharlardan tashqariga ko‘chirishni nazarda tutadi. Ushbu chora-tadbirlar asbest, sement, metallurgiya, charm-poyabzal, parrandachilik va energiya iste’moli yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga taalluqlidir.
Tekshiruvlar natijasida ekologik xavflilikning I toifasiga kiruvchi O‘zvtorsvetmet AJ faoliyati to‘xtatilib, u Jizzax viloyatidagi sanoat zonasiga ko‘chiriladi. Atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun korxonaga 18,09 mlrd so‘m kompensatsiya belgilandi. Ko‘rilgan choralar hisobiga yiliga 226,7 tonna zararli moddalar havoga chiqarilishining oldi olinadi.